Заложено основание новой технологической линии АО "Qizilqumsement"

News image

Текст представлен на государственном языке

“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida 4-sonli klinker ishlab chiqarish texnologik tarmogʻi qurilishi boshlandi.

Keyingi yillarda “Qizilqumsement” AJda olib borilgan ishlar tufayli yangi ish oʻrinlari yaratildi, mahsulot raqobatbardoshligi oshdi. Klinker ishlab chiqarish tarmogʻi qurilishining boshlanishi esa ana shu ishlarning mantiqiy davomidir.

– Qiymati 925 milliard soʻm boʻlgan ushbu loyihadan koʻzlangan maqsad ishlab chiqarishga zamonaviy energiya tejamkor texnika va texnologiyalarni joriy etishdir, – deydi korxona bosh muhandisi A. Salomov. – Shu bilan birga, korxonaning klinker ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot tannarxini tushirib, raqobatbardoshligini taʼminlash. Loyiha 2019-2020 yillarda amalga oshiriladi.

Источник: УзА
Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech