В законодательный палаты Олий Мажлиса прошло заслушивание Председателя Правление АО «Узстройматералы»

News image

Текст представлен на государственном языке

“O‘zqurilishmaterillari” AJ tomonidan davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev rahnamoligida aholini sifatli va arzon qurilish materiallariga bo‘lgan talabini qondirish, ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish orqali sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgani, davlat dasturlarida belgilangan rejalar to‘liq bajarilgani ta’kidlandi.

Respublikada 8000 ga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo‘lib, ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

Hisobot davrida “O‘zqurilishmaterillari” AJ tomonidan 3 trln. 100 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib (o‘sish 2016 yilga nisbatan 108,1%), belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 101,2 foizga bajarilgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 79,1 mlrd. so‘mlik 9 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarildi va reja 104,8 foizga bajarildi (o‘sish 2016 yilga nisbatan 1,7 marta).

2017 yil Investitsiya dasturi doirasida 13 ta loyihaga 74 mln. dollarlik investitsiya mablag‘lari jalb etilib, belgilangan reja 102,1 foizga bajarildi.

Shuningdek, mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi 8,1 foizga yoki 104,7 mlrd.so‘mga pasaytirildi.

Jamiyat tarkibidagi 6 ta yirik sanoat korxonalarida qiymati 9,8 mln.dollarlik 52 ta uskuna va jihozlar yangisiga almashtirildi va belgilangan reja 110,5 foizga bajarildi. Natijada, 23,0 mln.kub.m tabiiy gaz va 22,0 mln.kV.soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.

Jamiyat bo‘yicha xalqaro sifat menejmenti tizimi 35 ta korxonada joriy qilinib, ularning soni 72 taga va energiya menejmenti tizimi esa 3 ta korxonada joriy qilinib, ularning soni 4 taga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlariga amalga oshirgan tashriflari davomida sohani rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriq va qo‘ygan vazifalari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarining manzilli ro‘yxatlari shakllantirilib, tizimli ravishda moliyalashtirish va ishga tushirish amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2017 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 586,9 mln. dollarlik yoki 2 trln. 465 mlrd. so‘mlik 2167 ta loyiha ishga tushirilib, 28,3 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar startegiyasida belgilab berilgan vazifalar “O‘zqurilishmateriallari” jamiyati tomonidan ham so‘zsiz ijro etib kelinmoqda.

Harakatlar strategiyasi dasturiga ko‘ra mahalliy xom-ashyolar asosida eksportbop va import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha 29 ta yirik loyihani amalga oshirish belgilab olinib, tarmoq jadvallari ishlab chiqilgan. Bugungi kunda, 510 mlrd. so‘mlik 24 ta loyiha ishga tushirilib 1,1 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Xususan, Samarkand shahrida “Praym keramiks” qo‘shma korxonasida yiliga 2,7 mln. kvadrat metr keramik plitka, “Angren” erkin iqtisodiy zonasida “Neyshinl Keramiks” korxonasida 4,5 mln. kvadrat metr keromagranit, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida “Grin Layn Profil” korxonasida 3,5 ming tonna alyumin profillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, respublikamizning sanoat korxonalariga va yangi ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan 9 ta tuman va shaharlarida qo‘shimcha 16 ta loyihani amalga oshirish va 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ham ro‘yxat shakllantirildi.

Shuningdek, hududiy dasturlarga asosan Jarqo‘rg‘on, Qorao‘zak va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida yuqori markali sement, Termiz shahri va Sirdaryo tumanlarida qamish va g‘o‘zapoya asosida DSP, Nurota, O‘rtachirchiq tumanlarida va Qo‘qon shahrida granit va marmar toshlardan zamonaviy qurilish materiallari, Forish tumanida bazalt armaturasi kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturi doirasida 3 ta loyiha bo‘yicha 13,7 mln.dollarlik mablag‘ o‘zlashtirilib, belgilangan reja to‘liq bajarildi.

Shuningdek, 2016-2020 yillarda qurilish industriyasini yanada rivojlantirish dasturiga ko‘ra joriy yilda 23 ta loyiha bo‘yicha 108,7 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi, jumladan 91,9 mln.dollarlik 17 ta loyiha ishga tushirildi va 6 ta loyiha esa 2018 yilda ishga tushiriladi (Toshkent viloyatida “gret voll keramiks” va “Ran tong metal indastriyez”, Jizzax viloyatida “Mega invest indastrial", Namangan viloyatida “Quruvchi kushon”, Samarkand viloyatida "Samarkand Afrasiyob sement", Sherobod tumanida OTMK tomonidan sement ishlab chiqarish)

2017 yilda “O‘zqurilishmateriallari” jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan: 7 mln. 700 ming tonna sement, 12 mln. 800 ming kv.m qurilish oynasi, 2 mln. 900 ming kv. metr keramik plitkalar, 73,4 ming tonna quruq aralashmalar, 7,1 mln.dona shifer, 88 ming tonna gips, 74 mln. dona pishiq g‘isht ishlab chiqarildi.

Joriy yilning 22 dekabr kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning mamlakat parlamenti - Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar jamiyat faoliyatining ustivor yo‘nalishlarini tashkil etadi.

2018 yilda mahalliy xom ashyolardan samarali foydalangan holda innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviy energotejamkor, tannarxi arzon qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qurilish materiallarini hajmlarini va turlarini oshirgan holda ularning narxlarini barqarorligini ta’minlash va importni qisqartirish maqsadida: 3,25 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va o‘sish sur’ati 107,4 foizga ta’minlanadi.

Ishlab chiqariladigan qurilish materiallari turi 105 tadan 120 taga yetkaziladi. Katta o‘lchamli keramik plitkalar, glazurli keramik plitkalar, keramogranit, steklokristalit, bazalt tolali materiallar, kompozit armatura, bazalt sendvich panellar, 500-markali sement, choksiz metal quvurlar, armatura, metalprokat va boshqalar ishlab chiqariladi.

Bugungi kunda respublikamizga import qilinayotgan qurilish materiallariga bo‘lgan talabning katta qismi bosqichma- bosqich maxalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoplab boriladi, 2018 yilda metall va yog‘och mahsulotlaridan tashqari deyarli barcha qurilish materiallari respublikamizda ishlab chiqariladi va ichki bozor to‘liq ta’minlanadi.

Hozirda iste’molchilarning pishgan g‘isht (1 mlrd. 742 mln.dona), gipsokarton (26,0 mln.kv.m), shifer (16,0 mln.dona), keramik plitalarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan materillar bilan to‘liq qoplanmoqda.

2018 yilda 440 ming dona sanfayansga talab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan to‘liq qondiriladi.

Respublikamizning sementga bo‘lgan yillik ehtiyoji 12,0 mln.tn. tashkil etmoqda. Joriy yilda jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan 9,0 mln.tn sement ishlab chiqarildi. Defitsit - 3,0 mln.tn.ni tashkil etdi. 2018 yilda yangi yirik korxonalarning ish boshlashi tufayli yil oxiriga qadar difitsit yopiladi.

2018 yilda 436 ming kub metr DSPga talabning 15% qoplanadi, 2019 yilda esa talabning 294 ming kub m yoki 70 foizi miqdorida ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi (Fayz - 30 ming kub m, Surxon termiz ta’minot - 180 ming kub.m, Yaypan 10 ming kub.m, Jizzax qurilish ziynati 10 ming kub.m, Seun kiup 30 ming kub, Sifat invest (Qorao‘zak) - 30 ming kub.m);

Hozirda aholining devor gulqog‘ozlari (oboy) ga bo‘lgan talabi muttasil oshib bormoqda. Bu ehtiyoj – 7 mln. rulon (1 rulon - 10 kvadrat metr, 7 mln kv m)ni takshil etadi. 2017 yilda 31 ming rulon gulqog‘ozlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda esa 4 mln. rulon ishlab chiqariladi. 2019 yilda 11 mln. rulon ishlab chiqariladi va difitsit to‘liq yopiladi.

Maqsad - aholini arzon, sifatli, keng turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlash, yangi ish joylari ochish. Bunday materiallar ko‘p va arzon bo‘lsa, odamlar uy-joy quradi, yangi maktab va shifoxonalar, korxonalar, yo‘llar bunyod etadi. Xalqimiz farovonligi yanada oshadi.

Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech