Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Boshqaruvi raisining o‘rinbosari
Telefon:
998 (71) 255 55 86
Faks:
998 (71) 255-77-07
Elektron pochta: bobokulov@uzsm.uz

1971 yil 20 iyunda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Millati– o‘zbek. Ma’lumoti - oliy, 1996 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi- muhandis-quruvchi.

Mehnat faoliyati:

1988-1989 yy. – “Samarqand qurilish materiallari” ishlab chiqarish birlashmasi ishchisi

1989-1991 yy. – Harbiy xizmatda

1991-1993 yy. – “Zerdolvodkomplekt” korxonasi asbob-uskunalar bo‘yicha muhandisi

1993-1994 yy. – Samarqand shahridagi “Vtorchermet” korxonasi tayyorlov bo‘yicha muhandisi

1994-1997 yy. – “ASR marmar-granit” qo‘shma korxonasi direktori

1997-1999 yy. – “Samarqanmarmar” aksiyadorlik jamiyatining “Zarmarmar” sho‘’ba korxonasi marketing bo‘yicha mutaxassisi

1999-2000 yy. – “ASR marmar-granit” qo‘shma korxonasi texnik direktori

2000-2011 yy. – “Zarmarmar” sho‘’ba korxonasi ishlab chiqarish mudiri

2011-2013 yy. – “STONE” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

2015 y. - 06.2017 – “Samarqandmarmar” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

  • qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tuzilmasini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potensialini oshirish, xalqaro talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etishni ta’minlash;
  • mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirishni ta’minlash;
  • qurilish materiallarining ichki va tashqi bozorlardagi marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, zamonaviy qurilish materiallariga bo‘lgan talabni aniqlashni tashkil etish;
  • zamonaviy, yuqori sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqarishning energiya va resurslarni tejovchi ilg‘or texnologiyalarini sohaga keng joriy etishda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini olib borishni tashkil etish;
  • sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan yuqori sifatli, zamonaviy qurilish materiallarini keng turda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona va ishlab chiqarishlarni tashkil etishda faol ishtirok etish;
  • zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini faol joriy etish, tarmoqni boshqarishga yuqori malakali, shu jumladan xorijiy menedjerlarni keng jalb qilishda faol ishtirok etish;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarishga yangi zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan mahalliy ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar asosida joriy qilish va o‘zlashtirishda hamkorlik qilish;
  • respublikaning qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini hududlarning talabi bilan yaqin bog‘liq holda va mahalliy qurilish materiallari xom-ashyo zahiralarining yangi konlarini kelgusida o‘zlashtirish orqali samarali foydalangan holda joylashtirilishini ta’minlash;
  • jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va natijali bajarilishini, shuningdek vakolatli organlarga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini, hisob-kitoblarning asoslanganligini, kafolatlangan moliyalashtirish manbalari va erishiladigan prognoz natijalarning aniqligini o‘z vakolati doirasida ta’minlash;
  • jamiyatning Ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish boshqarmasi, Sement, asbotsement mahsulotlari va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarish sho‘’basi, Devorbop materiallar, tabiiy tosh mahsulotlari va boshqa qurilish va pardozlovchi materiallar ishlab chiqarish sho‘’basi, Bosh energetik xizmati rahbar va mutaxassislarining ishini tashkil etish va devorbop materiallar, tabiiy tosh mahsulotlarini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha korxonalar tomonidan tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, bayonnoma topshiriqlari, jamiyatning vakolatli boshqaruv organlari qarorlari, jamiyat Boshqaruvi raisining vazifa va topshiriqlari, ijroga berilgan tegishli hujjatlar ijrosining o‘z muddatida bajarilishini, shuningdek kelib tushgan xatlarni ko‘rib chiqish va javob yo‘llanishini ta’minlash;
  • davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, shuningdek respublika Hukumati nazoratida qurilayotgan ob’ektlarni asosiy qurilish materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha tezkor nazoratni amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Iqtisodiyot vazirligiga tegishli axborotlarning o‘z muddatida taqdim etilishini ta’minlash;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va aholining, birinchi navbatda ustuvor umummilliy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun mavjud talablarni to‘liq qondirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Boshqaruv raisining ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagilar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘radi:

  • importni qisqartirish maqsadida jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarni xom-ashyo tarkibiy qismlari (komponentlari), zarur asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va komplekt buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari eksport hajmini oshirish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalar uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalar va asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish;
  • sement ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar tomonidan sementni sotish monitoringi yuritilishini ta’minlash;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kirgan korxonalarning asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlanishi va ko‘rib chiqilishi tashkil etilishida, respublika hududlarida yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishida ishtirok etish;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarni nostandart, tejamkor bo‘lmagan uskunalarni energiya va resurslarni tejovchi maxsus ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirish orqali modernizatsiya qilishning borishi bo‘yicha monitoring yuritilishini va har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli materiallar taqdim etilishini ta’minlash;
  • zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar, shu jumladan mini-texnologiyalar bilan jihozlangan devorbop materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarning belgilangan muddatlarda ishga tushirilishida hamkorlik qilish;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarga nostandart, tejamkor bo‘lmagan uskunalarni energiya va resurslarni tejovchi maxsus ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirishda tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishida hamkorlik qilish;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha manfaatdor korxonalar va tashkilotlar, keng miqyosdagi xorijiy va mahalliy investorlarga doimiy ravishda istiqbolli investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yetkazilishini ta’minlash;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarishning resurslarni tejovchi va yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega texnologiyalarni joriy etish va yangi ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishda tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • qonunchilik doirasida Jamiyat Boshqaruv raisining topshiriqlari bo‘yicha Boshqaruv raisining ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi boshqa vazifa va funksiyalarni bajarish.
Du
Se
Cho
08:00 - 11:00
Pa
Ju
Sha
08:00 - 11:00
Ya
Qabuliga yozilish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech