Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Bosh direktor
Yakovlev M. V.

E-mail:


Manzil:

110503, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Istiklol ko'ch., 20

Ссылка:


Telefon:

0 (370) 214-05-28, 214-05-06

Faks:

0 (370) 214-05-21, 214-05-06

“Bekobodtsement” aktsiyadorlik jamiyati 1995 yilning mart oyida Bekobod sement kombinati qoshida tashkil etilgan. Korxonaning tarixi 1929 yilning 26 iyunidan boshlanadi. Shu kuni Bekobod poselkasida “Xilkovo” temiryo'l stantsiyasi yonida sement zavodi ishga tushirildi.

Dastlab zavodning quvvati yiliga 25 ming t sementni ishlab chiqarish bo'lgan. Bu O'zbekiston Respublikasida ishga tushirilgan birinchi sement zavodi bo'ldi. 1957 yilda zavod Xilkovo asbest truba zavodi bilan birlashtirildi va uning nomi o'zgartirildi. 1964 yilda zavodda ohak tsexi ishga tushirildi.

O'z faoliyati davomida kombinat bir necha bor kayta qurildi va kengaytirildi, quvvati oshib bordi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari assortimenti kengayib bordi. Bugungi kunda esa “Bekobodtsement” OAJ ning ishlab chiqarish quvvatlari quyidagicha:

- sement ishlab chiqarish – yiliga 714 ming t.;

- klinker (sement ishlab chiqarish uchun yarimtayyor mahsulot) ishlab chiqarish – yiliga

- 666 ming t.;

- shifer ishlab chiqarish – yiliga 66 mln. shartli dona.

“Bekobodtsement” OAJ da 1733 ta ishchi, shu shumladan ma'muriy-boshqaruvda 220 ta xodim ishlaydi. Ishchilarning o'rtacha yoshi – 40 yosh. “Bekobodtsement” OAJda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda korxonada “Tsementchi” klubi, “Shirin” dam olish zonasi, “Tsementchi” bolalar sog'lomlashtirish lageri, fizkul`tura-sog'lomlashtirish kompleksi, stadion, “Quyoshcha” bolalar parki, Sirdaryo sohilidagi choyxona, kapital ta'mirlangan va zamonaviy talablarga javob beruvchi oshxona faoliyat yuritmoqda. 2011 yilning 26 iyunida korxona tashkil etilganiga 85 yil to'ldi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 400.31 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech