Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Bosh direktor
Xaytanov Alisher Anvarovich

E-mail:


Manzil:

100059, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, U. Nosir 2-tor kucha, 2-uy.

Ссылка:


Telefon:

(+99871) 250-24-08, 250-92-91

Faks:

(+99871) 250-92-94

Toshkent qurilish materiallari kombinati 1932 yilda tashkil etilgan. 1994 yilda kombinat “Toshkent qurilish materiallari kombinati” OAJ ga aylantirildi. 1996 yilda «SITI» Italiya firmasi liniyasining montaji boshlandi va 1997 yil iyun oyidan yangi oblitsovka plitkalarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

«SITI» Italiya firmasining liniyasida 200x200 mm, 200x300 va 300x300 mm o'lchamdagi oblitsovka plitalari ishlab chiqariladi.

2010 yilda Melko (Italiya) firmasining HYDRA 2801 rusumdagi gidravlik press o'rnatildi va shundan so'ng, bu liniyada 400x400mm o'lchamdagi plitkalarni ishlab chiqarish boshlandi.

2011 yilda xitoyda ishlab chiqarilgan minorali purkovchi quritish uskunasi o'rnatildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2013 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirilishini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2011 yil 29 iyuldagi PQ-1590-son qaroriga asosan korxonaga quyidagi imtiyozlar berilgan:

─ olib kiriladigan texnologik qurilmalar va ular uchun ehtiyot qismlarini, shuningdek mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish texnologik jarayonida ishlatiladigan, lekin respublikada ishlab chiqarilmaydigan komponentlarni olib kirishda bojxona to'lovlaridan ozod etish;

─ mahalliylashtirish loyihalari doirasida ishlab chiqarilgan mahsulot qismini daromad solig'idan ozod etish;

─ mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqishda foydalaniladigan asosiy fondlar qismini mulk solig'idan ozod etish.

2010 yil 21 oktyabrda sifat menedjmenti tizimi ISO 9001-2008 joriy etildi. Laboratoriya 2007 yil 5 martda akkreditatsiyadan o'tdi. Sertifikat nomeri - №UZ. AMT. 07. MAI 397.

Файл
Yuklab olish
Hajmi: 270.10 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech