Investitsiya dasturini shakllantirish

Investitsiya dasturi quyidagilarga asosan shakllantiriladi:

1. Bozor talabini aniqlash.

Mahsulotga amaldagi talab va taklifni, istiqbolni, mahsulotning xususiyatlarini, uni bozordagi raqobatbardoshligini, tarmoqning mavjud potentsialini, raqobatchi korxonalar to'g'risidagi ma'lumotni, mahsulot sifatini hisobga olgan holda.

2. Moddiy resurslar.

Хom-ashyo bazasining mavjudligi, uning sifati va uning texnologiya talablariga javob berishi, qidirib topilgan xom-ashyo zapaslari, materiallar, komponentlar va energiya resurslari bilan ta'minlanganligi.

3. Ob'ektning optimal joylashganligi.

Xom-ashyo bozorlari va tayyor mahsulotni sotish bozorlaridan uzoqlashuvi, transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini baholash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari – afzalliklar va cheklovlar, ekologiya va atrof-muhitga bo'lgan ta'sirini hisobga olgan holda.

4 Harajatlarni baholash.

Ishlab chiqarish quvvatini yillar bo'yicha o'zlashtirilishini aniqlash, etkazib beriladigan qurilmalarning xususiyatlari va uning mustahkamligi va etkazib beruvchining kafolati, afzalliklari va kamchiliklari, mahsulotning xalqaro standartlarga mos kelishi, mahalliy xom-ashyo resurslari bilan mahalliylashtirish imkoniyati va mehnat resurslari bilan ta'minlanganligini hisobga olgan holda.

5. Moliyaviy baholash.

Investitsion harajatlar, moliyalashtirish mexanizmlari va manbalari, o'z-o'zini qoplashi, kredit mablag'larini o'z vaqtida qaytarish, qabul qilingan variant yoki muqobil variantning ustunliklari va kamchiliklari va boshqalarni hisobga olgan holda.

Kompaniya bozor kon'yukturasining o'zgarishiga mos ravishda texnologiyani yangilash, ishlab chiqarishni rekonstruktsiya va modernizatsiyalash, qayta ixtisoslashtirish va yangi turdagi ishlab chiqarishni egallash bo'yicha texnika siyosatni amalga oshiradi.

Barcha loyihalar bo'yicha ularni boshlashdan avval komaniya dastlab quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Marketing, mahsulotning raqobatbardoshligi, raqobatchi kompaniyalar to'g'risida ma'lumotni tahlil qilish;
  • Xom-ashyo bazasining mavjudligi va uning texnologiya talablariga javob berishi, qidirib topilgan xom-ashyo zahiralari, materiallar, butlovchilar, energiya resurslari bilan ta'minlanganlik;
  • Ob'ektning mahsulotlarni sotish bozorlari va tayyor mahsulotlar bozoridan joylashgan uzoqligini hisobga olgan holda optimal joylashuvi, transport kommunikatsiyalari va boshqalar;
  • Qurilmalarni etkazib beruvchilarni tahlili, etkazib berilgan qurilmalarning bahosi, sifati, mustahkamligi, ekspluatatsion harajatlarini baholash;
  • Investitsion harajatlar, moliyalashtirish manbalari, samaradorlik va o'z-o'zini qoplashi, muqobil variantlarni baholash, qaror qabul qilish.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech