Mineral paxta mahsulotlari

Mineral paxta tola shaklidagi material bo'lib, bazal`t, diabaz, ohak, dolomit va boshqa jinslardan olinaligan ingichka va egiluvchan tolalardan tashkil topadi.

Mineral paxtadan qilingan mahsulotlar paxta tolalarini bog'lovchi moddalar bilan (ko'pincha sintetik yelim) yelimlash orqali olinadi.

Ular issiqlikni o'zidan kam o'tkazishi, yonmasligi, chirimasligi, nam  tortmasligi va sovuqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Qurilish konstruktsiyalari, sanoat qurilmalari va quvurlarni issiqlik va sovuqdan izolyatsiya qilishda foydalaniladi. Mineral paxtadan yasalgan mahsulotlar izolyatsiyalashning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi.

Bugungi kunda O'zbekistonda issiqlik izolyatsiyasi uchun mineral plita ishlab chiqaradigan yagona korxona, bu – “Oxangarontsement” OAJ hisoblanadi.



Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech