Prezident Pop tumanida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi


Namangan viloyatida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi, 2017-2018-yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarishga 200 million dollarlik investitsiya yo‘naltirilmoqda

Hech bir viloyatda bu sohaga buncha mablag‘ ajratilmagan, dedi davlatimiz rahbari. Bundan maqsad aholini arzon, sifatli, keng turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlash, yangi ish joylari ochish. Bunday materiallar ko‘p va arzon bo‘lsa, odamlar o‘ziga uy-joy quradi, yangi maktab va shifoxonalar, korxonalar, yo‘llar bunyod etiladi. Xalqimiz farovonligi yanada oshadi.

Pop tumanida sement, shifer, asbest quvurlar, beton va yarim sintetik moylash materiallari, Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida sement, Namangan shahrida keramik plita va santexnika mahsulotlari, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida pishiq g‘isht, Chust tumanida pardozlash toshlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech