Sherobodda ilk portland sement ishlab chiqarildi


Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilayotgan yangi sement zavodida namuna sifatidagi dastlabki mahsulot ishlab chiqarildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mazkur loyihasi bilan tanishib, tegishli tavsiyalar bergan edi. Shunga muvofiq, yirik zavod qurilishi qisqa vaqtda yakunlanmoqda. Yiliga 1,5 million tonna sifatli portland sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodga xorijdan keltirilgan uskunalar o‘rnatildi. Ayni kunlarda so‘nggi montaj ishlarini yakunlashga hozirlik ko‘rilmoqda.

Loyiha qiymati 212,8 million dollar bo‘lgan korxona foydalanishga topshirilgach, 1000 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi. Mahsulotning asosiy qismi ichki bozorga yo‘naltiriladi. Yangi korxonada olingan ilk portland sement namunasiga ko‘ra, noyob qurilish materiali ishlab chiqarish quvvati va sifati bilan viloyat sanoatini yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi B.Po‘latovning bosh pudratchi Turkiyaning “Dal Teknik” kompaniyasi vakillari A.Abatay va E.Durak bilan muloqoti chog‘ida shu haqda atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, zamonaviy yirik zavodning so‘nggi qurilish-montaj ishlarini tez, sifatli yakunlash va uni Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech