Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Dec 2017

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 10 maydagi №268-sonli Qarori va anderrayterlik shartnomasiga asosan «KVARS» AJ aksiyalariga obuna kampaniyasini o‘tkazmoqda va barcha hohlovchilarni O‘zbekistonning yetakchi sanoat korxonalaridan birining aksiyadori bo‘lishga taklif etadi.

Sotuvga 4 574 934 dona aksiyalar qo‘yilgan.

Aksiyalar «Toshkent» fond birjasida birlamchi ommaviy taklif etish (IPO) o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi. Aksiyalarni sotish xaridor bergan buyurtmada taklif etilgan narxlarda, yuqori berilgan bahoga ustuvorlik berilgan xolda amalga oshiriladi. Buyurtmalar bir dona aksiya uchun 3000 so‘mdan 9100 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda qabul qilinadi. Aksiyalar uchun to‘lov 100% buyurtma berilgan vaqtda amalga oshiriladi.

Bir shaxs tomonidan ko‘pi bilan 2 287 dona aksiyaga buyurtma berilishi mumkin.

Obuna boshlanishi sanasi 2017 yil 5 dekabr, obuna yakunlanishi sanasi 2018 yil 3 aprel. Buyurtma qondirilmagan xolda xaridorning pul mablag‘lari bitim ro‘yxatga olingandan so‘ng 15 kun ichida qaytariladi.

Batafsil ma’lumotlarni www.uzse.uz, www.dalal.uz i www.nbu.uz saytlari va anderrayter investitsiya vositachisi «DALAL STANDARD» MChJ (broker) orqali olish mumkin.

Telefonlar: +998 90 187 5125; +998 71 236 7655. Ishonch telefoni: +998 71 232-07-38

Manba: «Kvarts» AJ
Ko'rishlar: 348
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech