Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Sep 2019

13-sentyabr kuni Lipetsk shahridagi “Sokol” stadionida “EVROSEMENT grup”ning futbol bo'yicha ochiq birinchilgi bo'lib o'tdi. Turnirda kompaniyaning Rossiya va O'zbekistondagi korxonalaridan vakili bo'lgan 15 jamoa ishtirok etdi.

“EVROSEMENT grup” korxonalarining ochiq chempionati uch yildan beri o'tkazib kelinmoqda. Har yili turnir geografiyasi kengayib bormoqda, bu yil “Ohangaronsement” jamoasi ishtirokida korporativ chempionat xalqaro maqomga ega bo'ldi.

O'yinlar jadvaliga muvofiq jamoalar 4 guruhga bo'lindi, o'yin natijalariga ko'ra har bir guruhdan 2 tadan jamoa chorak finalga chiqdi. Shiddatli kurash natijasida "Ohangaronsement" va “EVROSEMENT grup”ning Voronej filiali jamoalari 3-4-o'rin uchun bahsda kurashish huquqiga ega bo'lishdi. Ohangaronlik futbolchilar raqiblarini 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi va bronza medallarini munosib qo’lga kiritishdi. "Jiguli qurilish materiallari" jamoasi turnir chempioni bo'ldi, “Maltsov portlandsementi” jamoasi esa kumush medalga sazovor bo'ldi.

Turnir yakunlariga ko'ra asosiy sovrinlar to'plamiga qo'shimcha ravishda har bir jamoaning eng yaxshi o'yinchisiga xolding korxonalari bosh direktorlari avtograflari qo’yilgan futbol to'plari topshirildi. "Ohangaronsement" jamoasining himoyachisi Jamoliddin Qalandarov raqiblarga qarshi jami 9 ta gol urib, shunday maxsus sovrinni qo'lga kiritdi.

Ta'kidlash joizki, futbol Ohangaronlik sementchilar orasida eng ommabop sport turlaridan biridir. Zavod musobaqalarida har yili korxonaning deyarli barcha asosiy bo'linmalaridan jamoalar qatnashadi. Korporativ chempionatda ishtirok etish uchun terma jamoaga 2019-yil mavsumining eng yaxshi futbolchilari kirdi. Bu "Ohangaronsement" futbolchilari uchun birinchi yirik g'alaba emas: jamoa IV korporativ spartakiadasining kumush medali sovrindoridir.

Ko'rishlar: 41
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech