Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Nov 2017

Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan 2017 yilda 2214 ta loyiha bo‘yicha 3228 mlrd. so‘mlik investitsiya jalb etish va 30,7 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan bo‘lib, ushbu loyihalarni moliyalashtirishga tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 1341 mlrd.so‘m, bank kreditlari hisobidan 1261 mlrd. so‘m va xorijiy investitsiyalar hisobidan 148,8 mln. dollar yo‘naltiriladi.

Joriy yilning 25 noyabr holatiga jami 2427 mlrd. so‘mlik, shu jumladan 1078 mlrd.so‘mlik tashabbuskorlar mablag‘lari, 998 mlrd.so‘mlik bank kreditlari va 83,1 mln.dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Xususan, o‘tgan davrda 1852 ta loyiha ishga tushirilib, 20,6 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi va zamonaviy texnologiyalar asosida gazobeton, yog‘och qipiqli plitalar, vermikulit, MDF mahsulotlari, keramik plitka, granit, travertin, marmar, ohaktosh va sun’iy plitalar, burama mixlar, lak-bo‘yoq mahsulotlari, PVX quvurlar, tom yopqich materiallari, temir-beton buyumlari kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 43
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech