Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Jan 2018

Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan 2017 yilda 2250 ta loyiha bo‘yicha 2361 mlrd. so‘mlik investitsiya jalb etilib, ushbu loyihalarni moliyalashtirishga tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 1069 mlrd. so‘m, bank kreditlari hisobidan 957 mlrd. so‘m va xorijiy investitsiyalar hisobidan 79,4 mln. dollar yo‘naltirildi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Najot Nukus” jamiyatida gazobeton va “Karakalpaksement” qo‘shma korxonasida sement, Andijon viloyatida “Everest asbest” va “Kezar” jamiyatlarida sement hamda “Nayman mel” jamiyatida cho‘ktirilgan bo‘r, Buxoro viloyatida "Stroy gvozd shurup" jamiyatida har xil turdagi shurup va "Buxoro Shams Savdo" jamiyatida oynani qayta ishlash, Jizzax viloyatida "Mingyuan Silu Industry" qo‘shma korxonasida dekorativ oyna va "Mega invest industry" qo‘shma korxonasida bazalt tolasidan armatura ishlab chiqarish, Qarshi viloyatida "Smes stroy savdo" jamiyatida quruq qurilish aralashmasi va alyuminiy profillar, Navoiy viloyatida "Marmar Standart" jamiyatida marmar mahsulotlari, Namangan viloyatida "Mexmash" jamiyatida sim ishlab chiqarish va "Salmon Treyd" jamiyatida muzlatgichlar uchun sendvich panel ishlab chiqarish, Samarqand viloyatida “Praym keramiks” korxonasida keramika plitkalari (kafel) va "Inter Kristal savdo servis" jamiyatida metal quvurlar ishlab chiqarish, Surxondaryo viloyatida "Termiz ta’minot" korxonasida qamishdan DSP va temir-beton mahsulotlari va "Surkhon-Sandwich" jamiyatida sendvich panellar ishlab chiqarish, Sirdaryo viloyatida "Axmadjon Islombek Baraka" jamiyatida lak-bo‘yoq mahsulotlari va "Sirdaryo ko‘prik" jamiyatida asfalt ishlab chikarish, Toshkent viloyatida "Evrobasis" jamiyatida granit va National Ceramics jamiyatida keromagranit ishlab chiqarish, Toshkent shahrida "Kamol Real Biznes" jamiyatida gips va gipsokarton va "TURON STAL PROFI" jamiyatida ruxlangan tunuka ishlab chikarish, Xorazm viloyatida "Shovot Temir beton" korxonasida temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyihalarni ishga tushishi natijasida 3,0 trln. so‘mga yaqin ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi va 25,8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, bu esa o‘z navbatida Davlat byudjetiga qo‘shimcha 300 mlrd. so‘mdan ortiq soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushishini ta’minlaydi.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 92
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech