Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Mar 2020

“O‘zsanoatqurilishmaterialari” uyushmasi yurtimizda ommaviy muloqotlarni kamaytirish va koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida murojaatlarni qog‘oz shaklda qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan murojaatlarni elektron shaklda info@uzsm.uz, office@uzsm.uz (yoki uzqm@exat.uz) elektron pochtasiga yuborishlarini so‘raydi.

Murojaatlar va arizalar bo‘yicha savollar yuzasidan + 998 71 256-70-35 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz, shuningdek, o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan uyushmaning Telegram messendjeridagi «https://t.me/ozqurilishmateriallari_live» maxsus kanal xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Uyushma yuzaga kelgan sanitariya-epidemiologik vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishingizni hamda vaziyatga ma’suliyat bilan yondashishingizni so‘rab qoladi!

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 48
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech