Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Jun 2020

Mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi viloyat hokimliklari, tijorat banklari bilan hamkorlikda ko‘plab investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Andijon viloyatida 2020-2022 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘yicha umumiy qimayti 2 trln. 821 mlrd. 771 mln so‘m bo‘lgan 74 ta investitsiya loyihalari ishga tushiriladi. E’tiborlisi, ushbu loyihalarga 82,9 mln dollar ortiq xorijiy investitsiya yo‘naltiriladi. Investitsiya loyihalari amalga oshirilgach viloyatda yiliga 2 trln 127 mlrd 835 mln so‘mlik qurilish materillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Eng muhimi 2 844 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Qurilish materiallari sanoati bo‘yicha aksariyat investitsiya loyihalari Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa, Buloqboshi, Andijon, Marhamat, Andijon shahrida amalga oshiriladi. Xususan, 2020-2022 yillarda hududda 2 ta "Rash milk" MChJ (yillik ishlab chiqarish quvvati 3,0 mln tonna) va "Ishonchli posbon tekstil" MChJ (yillik quvvati 1,0 mln tonna) sement zavodi barpo etiladi. Bo‘z tumanida "Sunlight Co LTD" MChJ QK tomonidan esa shishani qayta ishla natijasida shisha tola ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Viloyatda gipsokartonga bo‘lgan talabni yuqoriligi bois, ushbu qurilish materialini ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan. Hududda "Sulaymon kurilish invest" MChJ, "Marxamat 112" MChJ hamda “Jsm power trade” MChJ lari tomonidan gipsokarton ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Oltinko‘l tumanida “Paralon impeks” MChJ tomonidan Sendvich panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona ishga tushiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 16 mlrd 257 mln so‘mni tashkil, bu yerda yiliga 100 ming kv.m mahsulot ishlab chiqariladi.

Energiya tejamkor qurilish materiali gazobeton bloklarini tayyorlash bo‘yicha Paxtaobod va Buloqboshi tumanlarida yangi korxonalar barpo etiladi. Viloyatda shuningdek, 2020-2022 yillarda oynani qayta ishlashni tashkil etish , dekorativ panellar, temir-beton buyumlari, shag‘al tosh va yuvilgan qum, ohak maxsuloti, sendvich panellar ishlab chiqarish kabi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 72
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech