Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Sep 2018

Andijondagi “Qurilish materiallari ishlab chiqarish kombinati” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻz sanoat mahsulotlari bilan viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga munosib hissa qoʻshmoqda.

Bu yerda koʻp qavatli uylar va sanoat korxonalari uchun temir-beton konstruksiyalar, yoʻlaklarni chegaralovchi betonli hoshiya va toʻsiqlar, bruschatka kabi 30 dan ortiq turdagi mahsulot tayyorlanadi. Mahsulot sifati maxsus mexanizm va presslar yordamida laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilgach, qurilish maydonlariga peshma-pesh yetkazib berilmoqda.

Korxonaning tovar aylanmasi yildan yilga ortib, olingan foyda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnika vositalarini yangilash, xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirishga yoʻnaltirilmoqda. Xususan, daromad hisobidan zamonaviy agʻdarma mashinalar, konusli qurilmalar, koʻtarma kran va oʻnlab beton tashuvchi transport vositalari xarid qilindi. Shu kunlarda Rossiyadan qoʻshimcha texnika va uskunalar keltirilishi kutilmoqda.

Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: O‘zA
Ko'rishlar: 92
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech