Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Aug 2019

Bugungi kunda o‘zining avtoparkiga ega bo‘lgan sanoat korxonalari va logistik tashkilotlarda avtotransport vositalari uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish va ixchamlashtirish masalasi dolzarb hisoblanadi.

Ushbu masala yechimlarining biri bu avtomobil' shinalari uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish, ya'ni shina protektorlarini qayta tiklashdir.

Avtomobil' shinalarini qayta tiklash quyidagi ustunliklarga ega:

  • qayta tiklangan shinalar uchun 1 yil ishlash muddati yoki 100 ming km bosib o‘tishga kafolat beriladi;
  • moliyaviy rentabellik bu asosiy ustunlikdir. Avtotransport vositasi egasi uchun shinani qayta tiklash pokrishka sotib olishga qaraganda ancha arzonroqqa tushadi. Ko‘pincha bu tafovut 40 foizdan ko‘proq bo‘ladi;
  • shinani qayta tiklash jarayoni zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilganligi sababli, har qanday transport vositasining ishlash muddatini cho‘zishi mumkin;
  • shina protektorini qayta tiklash bir necha marta amalga oshirilishi mumkin va bu kam xarajatlar bilan uzoq muddat pokrishkalarni foydalanish imkoniyatini beradi;
    shinalarni payvandlash jarayoni maxsus markazlarda texnologik qoidalar asosida amalga oshirilishi qayta tiklanadigan mahsulotning sifati yuqori bo‘lishini ta'minlaydi;
  • uzoq muddatli tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, qayta tiklangan shinalarning sifati va mustahkamligi yangi shinalarnikidan qolishmaydi va u qayta ishlash jarayonida ishlatilgan material va karkaska bog‘liqdir.

Natijada shinalarni qayta tiklash jarayoni sifat ko‘rsatkichlarni yo‘qotmagan holda harajatlarni tejash imkoniyatini beradigan muhim usuldir.

IMG_20190813_114357_889.jpg

Hozirgi vaqtda, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “AVTO YUK SHINOMONTAJ” MChJ tomonidan AQShning “BANDAG” firmasining uskunalari va Yevropaning yetakchi firmalari REMA TIP-TOP (Germaniya) va Rekor Kaucuk (Turkiya, Xitoy) xom ashyo materiallari yordamida shina protektorlarini sovuq usulda qayta ishlash xizmatini taklif etadi.

Aloqa uchun ma'lumotlar:

Telefonlar:
+998712317106
+998911625288
+998903543098

E-mail: navarkashin@mail.ru

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 21
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech