Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 Jan 2018

O‘zbekistonning yetakchi sanoat korxonalaridan biri “KVARTS” aksiyadorlik jamiyati respublikada birinchi bo‘lib o‘z aksiyalarini birlamchi ommaviy taklif etish - “IPO” usuli bilan sotuvga chiqardi.

“KVARTS” AJ avtomobil sanoati uchun oyna, shisha banka, listlangan oyna, butilka va o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqaruvchi yirik korxonadir.

KVARTS” AJ moliyaviy xolati barqaror bo‘lib, uning xar bir dona oddiy aksiyasi xisobiga dividendlar nominal qiymatiga nisbatan 2014 yil uchun 53% (534,4 so‘m), 2015 yil uchun 34% (597,4 so‘m), 2016 yil uchun esa 68% (1172,3 so‘m) ni tashkil etgan.

Sotuvga 4 574 934 dona aksiyalar qo‘yilgan. Aksiyalarni sotish xaridor bergan buyurtmada taklif etilgan narxlarda, yuqori berilgan bahoga ustuvorlik berilgan xolda amalga oshiriladi. Buyurtmalar bir dona aksiya uchun 3000 so‘mdan 9100 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda qabul qilinadi.

Aksiyalar uchun to‘lov 100% buyurtma berilgan vaqtda amalga oshiriladi. Bir shaxs ko‘pi bilan 2 287 dona aksiyaga buyurtma berishi mumkin.

Buyurtmalar TIF Milliy banki filiallari va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsiya vositachi (broker) lari tomonidan qabul qilinadi.

Buyurtma qondirilmagan xolda xaridorning pul mablag‘lari bitim ro‘yxatga olingandan so‘ng 15 kun ichida qaytariladi.

Obuna boshlanishi sanasi: 2017 yil 5 dekabr; Obuna yakunlanishi sanasi: 2018 yil 3 aprel.

Batafsil ma’lumotlarni: “KVARTS” AJning (0373) 372-44-03, (+99897) 337-54-30 telefon raqamlaridan va kvarts.uz rasmiy saytidan, “Toshkent” RFB ning uzse.uz, TIF Milliy bankining nbu.uz hamda rasmiy broker Dalal Standart www.dalal.uz rasmiy saytlaridan va (+99890) 187-51-25 telefon raqamidan olishingiz mumkin.

Ishonch telefonlari:

Toshkent sh. 0-371 268-03-01; Farg‘ona 0-373 244-36-46; Andijon 8-374 223-21-36; Namangan 0-369 233-53-17, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0-361 222-00-35, Buxoro 0-365 221-57-81, Jizzax 0-372 226-51-89, Qashqadaryo 0-375 225-01-97, Navoiy 0-436 224-14-61, Samarqand 0-366 233-45-96, Surxondaryo 0-376-223-01-43, Sirdaryo 0-367 226-53-14, Toshkent vil. 0-371 267-39-98, Xorazm 0-362-223-08-50

Manba: AJ "Kvarts"
Ko'rishlar: 176
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech