Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Jul 2020

2020 yil 1 iyulda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida “Qizilqumsement” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan SEM II A-K (P-I) 32,5N markali kompozit portlandsementi bo‘yicha forvard shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bugun, 2 iyulda, birjaning kechki savdo sessiyasida mazkur shartnoma asosida dastlabki birja savdolari o‘tkaziladi. Xaridorlar forvard savdolarida erkin va cheklovlarsiz ishtirok etishlari mumkin.

Yangi forvard shartnomasining shartlariga muvofiq birja savdolarida xarid qilingan sement bir oydan ortiq muddatga kechiktirgan holda yetkazib beriladi.

Forvard shartnomasi – muddatli shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra sotilayotgan tovar uchun narx shartnoma tuzilgan kunda belgilanadi, tovarni yetkazib berilishi esa belgilangan muddatda kelajakda amalga oshiriladi.

Manba: O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi
Ko'rishlar: 113
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech