Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Sep 2018

Namangan shahrida plastmassa chiqindilarni qayta ishlashdan ikkilamchi xomashyo tayyorlashga ixtisoslashgan “Mega eko plast” korxonasi faoliyat boshladi.

Tadbirkor Sherzod Abdullayevning ushbu biznes loyihasi mahalliy hokimlik tomonidan eʼtiborga olinib, Namangan shahrida tashkil etilayotgan “Orzu” kichik sanoat zonasidan yarim gektar yer maydoni ajratib berildi.

Tadbirkor bu yerda qisqa muddatda umumiy qiymati 2 milliard 250 million soʻmlik qurilish-montaj, texnologik jihozlash ishlarini amalga oshirdi. Xitoydan 180 ming dollar evaziga plastmassa chiqindilarni qayta ishlash uskunalari keltirib, ishga tushirdi.

– Hozircha korxonamizda kuniga 1 tonna polimer tarkibli, yaʼni plastmassa mahsulotlar chiqindilarini qayta ishlash quvvati yaratildi, – deydi korxona rahbari Sh.Abdullayev. – Aholidan va sanoat korxonalaridan qabul qilinadigan bunday chiqindilar dastlab rangi va kimyoviy tarkibiga koʻra guruhlarga ajratiladi. Soʻng eritib, xomashyo tayyorlanadi hamda uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa jihozlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazib beriladi.

Korxonada 20 kishi ish bilan taʼminlandi. Loyihaning navbatdagi bosqichida energiya tejovchi lampalar ishlab chiqarish sexi ishga tushiriladi. Bu ish oʻrinlarini ikki-uch barobar koʻpaytirish imkonini beradi.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat) OʻzA

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: O‘zA
Ko'rishlar: 109
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech