Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Aug 2016

Raqobatdosh mahalliy qurulish materiallari bilan bozorni ta’minlash va eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida "O‘zqurilishmateriallari" kompaniyasi tomonidan vatanimiz bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda qurulish materiallarining importi va eksporining monitoringi va taxlili muntazam ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, o‘tgan oy oxirida "O‘zqurilishmateriallari" kompaniyasining mutaxassislari Toshkentdagi «Hohenberger Tapetenmanufaktur GmbH» nemets kompaniyasining rahbar mutaxassislari bilan devorbob pardozlash materiallarini (gulqog‘zlarni) Respublikada ishlab chiqarish loyihasini birgalikdagi amalga oshirish maqsadda uchrashuv o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: "Hohenberger Tapetenmanufaktur GmbH" kompaniyasiga 1932 yilda asos solingan va u yuqori sifatla gulqog‘zlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Germaniyaning ushbuda yo‘nalishdagi yetakchi kompaniyalar qatoriga kiradi. Bosh ofisi Xoenberg-an-der-Eger (Bavariya) shaxrida joylashgan.

Xorijiy kompaniyaning vakillari muzokaralar paytida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda katta tajribaga ega ekanliklari va «nou-xau» doirasida O‘zbekistonlik sheriklari bilan birgalikda gulqog‘ozlarni ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga o‘z qiziqishlarini bildirdilar.

"Hohenberger Tapetenmanufaktur GmbH" kompaniyasi bu loyihada o‘zining ishtirokini korxonani uskunalar ta’minlash va o‘zbek tadbirkori bilan hamkorlikni amalga oshirishda ko‘rmoqda.
Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 318
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech