Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Nov 2019

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomomnidan Navoiy viloyatida mavjud tabiiy resurslarni inobatga olgan xolda hududda pardozbop toshlarni ishlab chiqarish takomillashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalishga investorlar g‘am keng jalb etilgan holda yirik loyihalar amalga oshirilyapti.

Xususan, Nurota tumanidagi “NAVOI PROCCES STONE KOMPANY” MChJ XK marmar toshlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Korxona yiliga 4150 metr kub mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati 103 mlrd. 200 mln so‘m bo‘lib, 12 mln. 300 ming AQSh dollari chet el investisiyasi jalb etilgan. Mazkur korxona foydalanishga topshirilgach 220 nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta'minlanadi.

Tumanda granit toshlarni qazib olish va uni qayta ishlash bo‘yicha ham yangi korxona tashkil etilmoqda. “TIANCHENG STONE” MChJning yillik ishlab chiqarish quvvati 60 ming metr kvadrat bo‘lib, korxona zamonaviy uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi. Mazkur loyihani amalga oshirishga 11 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investisiya yo‘naltirilgan.

Shuningdek, Zarafshon shahrida umumiy qiymati 42 mlrd. so‘m bo‘lgan marmar va granit toshlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshirilyapti. Bu yerda yiliga 3 ming metr kub mahsulot ishlab chiqariladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 25
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech