Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Aug 2019

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan tarmoq korxonalariga qo‘shni mamlakatlarga eksportni kengaytirishlarida doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatib borilmoqda.

Hozirgi kunda Afg‘oniston Islom Respublikasida (Qobul shahri) biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan o‘z mahsulotlarini eksport qilmoqchi bo‘layotgan hamda mazkur tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan kompaniyalar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

000023_537355_big.jpg

Ushbu bozorning O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallariga bo‘lgan sezilarli ehtiyojini inobatga olgan holda hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi birgalikda faoliyat yuritishni taklif etadi.

Ma'lumot uchun: 2018 yil bo‘yicha Afg‘oniston Islom Respublikasidagi import tahlili ushbu mamlakatda jumladan O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan bir qator qurilish materiallariga bo‘lgan sezilarli ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Mazkur davr mobaynida 175 mln. dollardan ortiq miqdorda qurilish materiallari import qilingan bo‘lib, shulardan quyidagilarini alohida ajratib ko‘rsatish lozim:

  • sement, marmar, travertin va boshqalar - 95,1 mln. dollar;
  • pigmentlar, bo‘yoqlar, loklar va shpatlyovka - 22,1 mln. dollar;
  • plastmassa va undan yasalgan buyumlar - 12,1 mln. dollar;
  • tosh, gips, sement va asbestdan yasalgan buyumlar - 5,8 mln. dollar;
  • keramika buyumlari - 2,9 mln. dollar;
  • oyna va undan yasalgan buyumlar - 1,3 mln. dollar.
Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 75
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech