Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Aug 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi №PQ-4337 sonli “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan qo‘yidagi imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishi qo‘rsatib o‘tilgan:

  • eksport oldi shartnomalari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash;
  • tijorat banklarining kreditlariga kafillik berish;
  • mahsulotlarni eksport qilishda temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensasiya qilishga subsidiyalar taqdim etish;
  • xorijiy ko‘rgazmalarlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash (ko‘rgazma stendi maydonini ijara xarajatlarini qoplash);
  • ishlab chiqarilgan mahsulot uchun xorijiy muvofiqlik sertifikatini olishga ketgan xarajatlarini qoplash, shuningdek ISO:9001 uchun.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar va preferensiyalarni olishga manfaatdor bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantiriish amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarga qiziqish bildirgan taqdirda, takliflaringizni joriy yilning 8 avgustgacha taqdim etishingizni so‘raymiz.

Ma'lumot uchun: +99890 903 43 35 Sadinov Rustam (Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rivojlantirish va logistika boshqarmasi boshlig‘i) telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 34
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech