Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Sep 2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentyabrdagi №756 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibida ko‘rsatiladi:

shartnomaga muvofiq xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarni joriy etish;

shartnomaga muvofiq taqdimotlar va reklama kompaniyalarini, shu jumladan milliy mahsulotlar va brendlarni salohiyatli savdo bozorlariga olib chiqish uchun o‘tkazish;

shartnomaga muvofiq xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish;

shartnomaga muvofiq xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash;

xorijiy mamlakatlarda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash;

ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlarini qoplash.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 31
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech