Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Mar 2020

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Rossiyaning “EUROCEMENT group” xolding vitse-prezidenti Mixail Skoroxod bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, galdagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

YeVROTsEMENT

Ta’kidlanishicha, “EUROCEMENT group” xoldingi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi o‘rtasida qabul qilingan memorandumga ko‘ra hamkorlikda bir qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, uyushma ma’sulligida “EUROCEMENT group” xoldingi tomonidan “Ohangaronsement” AJ hududida qurilish materiallari klassterini tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 200 mln dollar bo‘lgan yirik loyiha amalga oshirilyapti. Natijada, bu yerda yuqori sifatli sementdan tortib, tayyor temir-beton mahsulotlarigacha ishlab chiqariladi. E’tiborlisi, klaster doirasida “Ohangaronsement” AJ hududida yillik quvvati 3 mln. tonnani tashkil etuvchi qo‘shimcha yangi sement zavodi joriy yilda foydalanishga topshiriladi.

Shu bois uchrashuvda yig‘ilganlarning diqqat e’tibori yangi sement zavodini qurish bo‘yicha ayni paytgacha amalga oshirilgan ishlarga qaratildi. Amalga oshirilish kutilayotgan investitsiya loyihalari haqida ham so‘z yuritildi. Shu bilan birga bir qator tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 91
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech