Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Oct 2018

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligida yana bir qo‘shma korxona tashkil etiladigan bo‘ldi. erining bosh bo‘g‘ini bo‘lib, loyiha doirasidagi ikkinchi korxona hisoblanadi. Birinchi korxona o‘tga chidamli g‘isht ishlab chiqarish majmuasi o‘tgan yili barpo etilgan.

Sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxonaga tamal toshi qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda Rossiyaning “Yevrotsement grup“ xolding kompaniyasi, “O‘zqurilishmateriallari“ aksiyadorlik jamiyati mas’ullari, soha mutaxassislari, quruvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida yurtimiz so‘nggi yillarda ulkan qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylanib borayotgani, yangi korxona mahsulotlari esa ichki bozorning sifatli qurilish mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, rossiyalik mutaxassislar tomonidan mazkur korxona Markaziy Osiyo mintaqasida eng yirik, shu bilan birga, zamonaviy, xususan, ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan, energiya tejovchi va atrof-muhitga salbiy ta’siri kamligi bilan yagona bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi.

Rossiyaning “Yevrotsement grup“ xolding kompaniyasi va “O‘zqurilishmateriallari“ aksiyadorlik jamiyati hamkorligidagi mazkur loyihaga 160 million dollardan ortiq investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Bu yiliga 3 million tonna mahsulot ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Majmua 20 oyga yetmasdan foydalanishga topshiriladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha “Ohangaronsement“ AJ ishlab chiqarish maydonida rossiyalik ishbilarmonlar tomonidan tashkil etilayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterining bosh bo‘g‘ini bo‘lib, loyiha doirasidagi ikkinchi korxona hisoblanadi. Birinchi korxona o‘tga chidamli g‘isht ishlab chiqarish majmuasi o‘tgan yili barpo etilgan.

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: "EUROCEMENT"
Ko'rishlar: 75
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech