Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3 Jun 2020

Joriy yilning 20 may kuni Farg‘ona viloyati Furqat tumani Ingichka qishlog‘ida yashirin sement sexi aniqlandi. Bu yerda qo‘shtirnoq ichidagi tadbikorlar “Turon Eco Cement” brendi tushirilgan qoplarni noqonuniy yo‘llar bilan yasattirib, bu qoplarga sifatsiz, arzon va hech qanday sinov tekshiruv natijalariga ega bo‘lmagan sement mahsulotlarini qo‘lbola usulda qoplayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departament Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va “Turon Eco Cement” MChJning ichki xavfsiz xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd natijasida soxta “tadbirkorlar” qo‘lga olindi.

Hozirda voqea yuzasidan soxta tadbirkorlarga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jinoyat jazosiz qolmaydi albatta.

Aziz hamyurtlar qurilish materiallari xarid qilayotganda qalbaki mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling!

yashirin sement sexi

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 88
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech