Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Oct 2018

Fransiyaning "Fives" kompaniyasi "O'zqurilishmateriallari" bilan birgalikda O'zbekistonda avtomobil oynalari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Podrobno.uz.

"Guruhimiz og'ir texnika va muhandislik, ishlab chiqarish uskunalari bo'yicha loyihalarda ixtisoslashgan bo'lib, so'nggi ikki yil davomida biz O'zbekistondan hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ydik, masalan, biz O'zbekistonda kelgusida jahon bozoriga eksport qilinadigan yuqori sifatli shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilmoqdamiz" , - deydi "Fives" kompaniyasi direktorlaridan biri Jean-Marie Caroff.

"Fives Group" – sanoat muhandislik guruhi bundan 200 yil oldin tashkil etilgan bo'lib, loyihalash va metallurgiya, kosmik, alyuminiy, avtomobilsozlik, logistika, shisha, sement, energetika sanoati sohasidagi eng yirik xalqaro kompaniyalar uchun texnologik uskunalar yetqazib berish, hamda mineral xom ashyoni qayta ishlash bilan faoliyatini olib boradigan yirik kompaniya hisoblanadi.

FIVE filiallari va vakolatxonalari dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida joylashgan bo'lib, ularning umumiy ishchilar soni esa 8000 kishidan oshadi.

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: Podrobno.uz
Ko'rishlar: 49
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech