Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Sep 2019

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi «Import Promotion Desk» loyihasiga O‘zbekiston Respublikasini qo‘shish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan olib borilgan muzokaralar natijalariga ko‘ra, Germaniya tomonidan O‘zbekistonni «IPD» loyihasiga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini hamda Germaniyaga import qilib olib kelinadigan mahsulot turlarini aniqlash maqsadida 2019 yilda respublikaning eksport imkoniyatlarini o‘rganish uchun tadqiqotlar o‘tkazishini ma'lum qildi.

Loyihaning amalga oshirilish mobaynida ishlab chiqaruvchi korxonalar Yevropa mahsus ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun saralab olinadi. Loyihaning natijalariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va nemis xaridorlar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan. Loyihaning amalga oshirish milliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini oshirishga yordam beradi.

Ma'lumot uchun: «IPD» - Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi tomomnidan moliyalashtiriladigan loyiha bo‘lib, nemis importyorlarini hamkor davlatlardan ishonchli mahsulot yetkazib beruvchilar bilan ta'minlashga yo‘naltirilgan.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun ilova bilan tanishib chiqing yoki +99871-281-46-59 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 40
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech