Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Nov 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qurilish materiallari sanoatiga innovasiyalarni joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar va texnologik jarayonlar har tomonlama o‘rganilyapti.

Ma'lumki, joriy yilning 31 iyul' – 1 avgust kunlarida davlatimiz rahbarining Belarus' Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikda faoliyat olib borish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Xususan, yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida halqaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha memorandum qabul qilingan.

Mazkur halqaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Innovasion rivojlanish vazirligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mutaxassislari Belarus' Respublikasiga tashrif buyurishdi. Delegasiya vakillari Belarus' milliy fanlar akademiyasining qator ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalari, Belarus' davlat texnologik universiteti, Belarus' milliy texnika universiteti, fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasida bo‘lib, bir qator uchrashuvlarda ishtirok etishdi. Shuningdek, mutaxassislar tarmoq ishlab chiqarish tashkilotlarida eng zamonaviy laboratoriya uskuna va jihozlari bilan yaqindan tanishdi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 17
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech