Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Dec 2018

2018 yil -“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan, shuningdek O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 may kungi “Faol tadbirkorlik innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PK-3697-sonli va 2018 yil 7 may kungi PK-3698-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maksadida Quvasoy shahar hokimligi tomonidan 2018 yil 17 noyabr kuni tashkillangan “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik tanlovi shahar bosqichi Quvasoy shahar San’at va musiqa maktabida bo‘lib o‘tdi.

“Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik tanlovida sanoat, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalari bo‘yicha jami 3 ta yo‘nalishda o‘tkazildi. Tashkil etilgan ko‘rik tanlovda tadqiqotchilar, pedagog xodimlar, o‘quvchilar, sanoat korxonalari yosh mutaxassislari ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etdilar. Innovatsion goyalar va ishlanmalarni xayotga tatbik etish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik tanlovda Farg‘ona Politexnika instituti professori innovatsiya markazi raxbari S.Ergashev katnashdi. Ko‘rik tanlov shahar bosqichida sanoat sohasi bo‘yicha “KVARS” AJ qatnashuvchilari Sh.Yuldashev va L.Xusanov, ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog 29-maktab o‘qituvchisi Z.Yusupova, maktab va kollejlar o‘rtasida makatb o‘quvchisi O.Axmadjonov, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi bo‘yicha tadbirkor F.Shokirovlar “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik tanlovining 1-darajali diplomi hamda qimmat baho sovg‘alar bilan taqdirlanib, shu bilan birga D.Mirzaxaydarov, A.Abduraxmonov, K.Soliyevlar 2-3 darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Ko‘rik tanlovda shahardagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va yosh mutaxassislar, innovatsiyaga qiziqish bildirgan yoshlar, sanoat korxonalari mutaxassislari, shahardagi- korxona, tashkilot, muassasa hodimlari ishtirokchi sifatida ishtirok etdilar.

Ko‘rik tanlov davomida professor o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib ulardan intervyular olindi shu bilan birga Ko‘rik tanlov yakunida tadqiqotchilarning ishlanmalari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etilib tanlov yakunlandi.

Manba: «KVARS» AJ
Ko'rishlar: 59
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech