Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Jun 2020

Qurilish materiallari sohasiga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq innovatsion energiya samarali, energiya sarfini tejaydigan, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop qurilish materiallarini ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonlariga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish bo‘yicha "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy Kengashga jami 31 ta loyihalar qabul qilingan.

Bugungi kunda, Kengash tomonidan jami 19 ta loyihalar ilmiy-texnikaviy muhokamadan o‘tkazilgan bo‘lib, qiymati 9,2 mlrd. so‘m bo‘lgan 7 turdagi innovatsion qurilish materiallarini yaratishga oid loyihalar moliyalashtirilishga tavsiya etilgan.

Ma’lumot uchun: 2019 yilda yangi turdagi innovatsion, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallaridan gulqog‘oz (oboy), suyuq gulqog‘oz (jidkiy oboy), zoloblok, gazoblok, penoblok, polistrolblok, kompozit (asbestsiz) shifer, o‘tga chidamli g‘isht (ogneupornыy kirpich), yumshoq tom yopqich materiallari, issiqlik izolyatsiyalash materiallari va mahsulotlari (bazaltli, mineralli, toshdan olingan), bazaltdan armatura, bazaltdan tola, bazaltdan setka, frita (kafellarga rang berishda ishlatiladigan xom ashyo), dekorativ bo‘yoqlar, mozaikalar (toshli, shishali va keramikali), sport linoleumi, maishiy linoleum, shisha tolasi, shisha tolasidan setka, gidroizolyatsiya materiallari, geotekstil, geomembrana, bentonit mat (to‘shama), geosetka, georeshetka, geokompozitlar o‘zlashtirilgan va ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda tom yopqich materiallarini yangi, inson salomatligi uchun mutlaqo zararsiz bo‘lgan turini ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, asbest o‘rniga kuralon qo‘shimchasidan foydalanib asbestsiz shifer olish bo‘yicha “Qizilqumsement” AJning ishlab chiqarish uskunalari negizida dastlabki tajriba-sinov partiyasi muvaffaqiyatli olingan.

Respublikamizda import hajmi yuqori bo‘lgan yog‘och mahsulotlarini innovatsion va ilmiy usullarni joriy etgan holda, yangi turdagi alternativ xom ashyolarni qo‘llash bo‘yicha maxsus izlanishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qamish va g‘o‘zapoyadan DSP ishlab chiqarish va dunyoda eng tez o‘suvchi pavlovniya daraxti turini keng joriy qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: Samarqand viloyatidagi yirik pavlovniya ko‘chatlarini yetishtiruvchi “GARDERS SHIRINOV AGRO” oilaviy korxonasi tomonidan Bulung‘ur tumani hududida 35 gektar hamda Pastdarg‘om tumani hududida 7 gektarda jami 42 gektar, Namangan viloyatida 22 ga, Andijon viloyatida 25 ga, Farg‘ona viloyatida 30 ga, Navoiy viloyatida 1,5 ga, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan 22,9 ga yer maydonlariga pavlovniya ko‘chatlari ekilgan.

Shu bilan birga, innovatsion faoliyat sub’ektlari tomonidan bozorga yangi qurilish materiallarini taklif qilish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan zamonaviy ekotizim shakllantirilmoqda. Xususan:

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari tomonidan umumiy qiymati 40,6 mlrd.so‘mlik yangi qurilish materiallari ishlab chiqarilib, buning 524,8 ming dollar xorijga eksport qilindi;

Startap loyihalar tanlovi g‘oliblari tomonidan gossipol smolasidan neftsiz qurilish bitumi olish (loyiha qiymati – 595,9 mln so‘m) hamda mahalliy mineral xom-ashyo va sanoat chiqindilaridan keramik bo‘yoqlar olish texnologiyasini yaratish (loyiha qiymati – 473 mln. so‘m) ustida ishlar boshlab yubrilgan.

Bugungi kunda moliyalashtirishga tavsiya etilgan 9,2 mlrd.so‘mlik 7 turdagi innovatsion loyihalarning moliyalashtirilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 47
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech