Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Jan 2020

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qurilish Vazirligi, “Oʼzstandart” agentligi hamda “Oʼzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoʼshma qaroriga muvofiq tashkil etilgan Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashi tomonidan bugungi kunga qadar 4 ta loyiha moliyalashtirilishga tavsiya etildi.

Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimi, t.f.d. Masʼud Karimov avtomobilь yoʼllari qurilishida qoʼllash uchun mahalliy xom ashyo asosida modifikatsiyalangan “serobeton” ishlab chiqarishga qaratilgan innovatsion loyihasini taqdim etdi. Tadqiqotchi yurtimizdagi neftь va gazni qayta ishlash kopxonalapida mavjud boʼlgan mahalliy xom ashyolar – oltingugupt, ikkilamchi polietilen, maydalangan tosh va qumdan beton ishlab chiqapish kontseptsiyasi bilan yigʼilganlarni tanishtirdi. Oltinguguptli beton ishlab chiqapishda bogʼlovchi komponentni tayyoplash uchun texnik oltinguguptdan (20-40%) yoki uning oʼpniga tapkibida oltingugupt boʼlgan sanoat chiqindilapidan foydalaniladi.

Oltingugurtli beton oddiy betondan koʼra sovuqqa va agpessiv muhitga chidamliligi yuqori boʼlgani bois yoʼl qoplamalapi (oltinguguptli asfalьtbeton), avtomobilь yoʼllapi uchun ekspluatatsiya paytida tuzli muhit tasipiga uchpaydigan bino elementlapi (poydevoplap, pollap, oqava latoklap va boshqalap), muhandislik inshootlapi (kanalizatsiya quvuplapi, kollektop halqalapi, kanalizatsiya tozalash inshootlapi)da qoʼllanilishi mumkin. Mazkur loyiha moliyalashtirishga tavsiya etilsa, tadqiqot natijalapi tijopatlashtipiladi va ishlab chiqapishga jopiy etiladi.

OʼzR FА Umumiy va noorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n. Jalol OdilovTarkibida glaukonit va temir mavjud boʼlgan choʼkindi jinslar asosida pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish boʼyicha amaliy loyihani taqdim qildi. Respublikamizda bu muammo ilgari oʼrganilmagan va tarkibida choʼkindi temir boʼlgan glaukonit asosidagi mineral pigmentlar ishlab chiqarilmaydi. “Oʼzqurilishmateriallari“ AK maʼlumotlariga koʼra, 2018 yili keramika, emalь, shisha ishlab chiqarishda qoʼllaniladigan 18,8 ming tonna tayyor pigmentlar Xitoy va Turkiyadan umumiy qiymati 19 million AQSh dollaridan ortiq boʼlgan mablagʼ hisobiga respublikaga keltirildi. Аslida esa yurtimiz pigment xom ashyosi zaxiralari va manbalari juda katta boʼlib, bu mahalliy xom ashyolardan pigmentlar olish imkonini beradi. Oʼz navbatida, mineral pigmentlardan foydalanish koʼlami ham keng boʼlib, ulardan dekorativ-pardozlash ishlari, qurilish, lak-boʼyoq ishlab chiqarish, badiiy boʼyoqlarni olishda foydalaniladi.

Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, choʼkindi temir tarkibidagi glaukonit asosida pigmentlar ishlab chiqarish texnologiyasi Oʼzbekistonning qurilish va kimyo sanoatida qoʼllaniladi.

“OʼzqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) qoshidagi “Fan va tarraqiyot” DUK katta ilmiy xodimi t.f.n. Dehqonboy Yoʼldoshev “Аngren va Yangiangren issiqlik elektr stantsiyalarining sanoat chiqindilaridan foydalanib tom yopish qoplamasi (shifer) ishlab chiqarish texnologiyasi” mavzusidagi innovatsion loyihasini taqdimot qildi. Loyihaning maqsadi Toshkent viloyatidagi issiqlik elektr stantsiyalarining mahalliy sanoat chiqindilaridan import oʼrnini bosuvchi innovatsion tom yopish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etishdir.

Hozirgi paytda Toshkent viloyatida ekologik muammo anchayin keskin sanaladi. Angren va Yangioangren issiqlik elektr stantsiyalarining koʼmir chiqindilari (kul va shlaklar) 40 yil ichida 50 million tonnadan koʼproq yigʼilib, bu atrof-muhitga va qoʼshni hududlarning ekologik holatiga salbiy taʼsir koʼrsatmoqda. Loyiha ishlab chiqarishga joriy qilinishi bilan atrof-muhitni tozalash, import oʼrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, xarajatlarni kamaytirish, resurslarni tejash va energiya samaradorligini oshirish, yangi ish oʼrinlarini yaratish kabi maqsadlar koʼzda tutilgan. Mazkur loyihada faqat mahalliy xom ashyolarning ishlatilishi uning eʼtiborli jihati sanaladi.

Hozirda Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashi tomonidan tavsiya etilgan “Mahalliy tabiiy va ikkilamchi resurslar asosida yuqori sifatga ega klinkerli sement ishlab chiqarish”, “Аzbozurit ichidan asbestni saralab olish texnologiyasi”, “Issiqlik elektrostantsiyalarining texnogen chiqindilari (zoloshlak)dan foydalanib, yangi innovatsion qurilish materiali — zolobeton bloklari ishlab chiqarish”, “Mahalliy xom-ashyo asosidagi energiya va resurs sarfini kamaytiradigan yangi kuydirilmasdan olinadigan bogʼlovchilar” loyihalari moliyalashtirib, ular boʼyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 228
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech