Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 Oct 2018

Tegishli bitim Ohangaronda “EVROSEMENT grup” tarkibiga kiruvchi “OHANGARONSEMENT” va IMER GROUPning O'zbekistondagi sho'ba korxonasi “NIHOL IMPEKS” o’rtasida tuzildi. Hujjatni “OHANGARONSEMENT” bosh direktori Gennadiy Kulikov va «NIHOL IMPEKS» direktori Qobilxo’ja Iqbolovlar imzoladilar.

Uy-joy va infratuzilmalarning qurilishi uchun yuqori markali beton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish 2019-yilga rejalashtirilgan. Chiqariladigan mahsulotning sifati yuqori texnologiya va innovatsiyalar qo’llanilishi tufayli O'zbekistondagi binolarning seysmik talablariga, ishlab chiqarish xavfsizligi va ekologik xavfsizlik standartlariga javob beradi. Shu sababli, Xolding hamkor sifatida dunyodagi qurilish texnikasi va beton aralashtirish uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik kompaniyalardan biri – Italiyaning IMER GROUPini tanladi.

Bitimni imzolash marosimida “EVROSEMENT grup” Xoldingi Prezidenti Mixail Skoroxod, IMER GROUP vitse-prezidenti, ijrochi direktori Massimo Grasso, IMER GROUPning Sharqiy Yevropa va Osiyo mamlakatlari bo’yicha vakolatxonasi bosh direktori Yevgeniy Li qatnashdilar.

Yangi beton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi “OHANGARONSEMENT” maydonida “EVROSEMENT grup” Xoldingi tomonidan yaratilayotgan “Qurilish materiallari klasteri” katta loyihasining bir qismidir. Klasterga kiritilayotgan investitsiyalarning umumiy qiymati 200 mln AQSh dollarini tashkil qiladi. Bugunda sement va metallurgiya sanoati uchun o’tga chidamli g’isht ishlab chiqaruvchi liniya allaqachon yo’lga qo’yilgan, 17-oktyabr, ya’ni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning O’zbekistonga davlat tashrifi arafasida yillik quvvati 3 mln tonna sementga teng yangi zavod poyiga tamal toshi qo’yildi. Bundan tashqari, klasterda O’zbekiston va eksport uchun mineral momiq mahsulotlari va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish liniyalari barpo etiladi.

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Ko'rishlar: 42
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech