Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Oct 2018

Jizzax viloyatida joriy yilning shu davriga qadar qurilish materiallari ishlab chiqaradigan qator yangi quvvatlar ishga tushirildi.

Albatta, bunday ezgu ishlar ushbu jamiyatning mahalliy davlat hokimliklari bilan amaliy hamkorligi samarasi ekanini alohida taʼkidlash kerak. Viloyatda qiymati 92,2 milliard soʻm boʻlgan yangi quvvatlarning amaliyotga tatbiq etilib, 425 nafar fuqaro muqim ish bilan taʼminlanishi ana shunday hamjihatlikdan. Zamonaviy turli qurilish materiallari, jumladan, santexnika mahsulotlari, pishgan gʻisht, eshik va romlar, devorbop materiallar, bruschatka, profnastil, beton plitalar, metall va yogʻoch buyumlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan 26 loyiha qiymatining 28,0 milliard soʻmi tashabbuskorlarning oʻz mablagʻi boʻlsa, qolgan 54,4 milliard soʻmi kredit mablagʻlari hisobiga toʻgʻri keldi.

– Yangi quvvatlar xalqimiz farovon hayotini taʼminlashga xizmat qiladi, – dedi. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasidagi “OʻzqurilishmateriallariLITI” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Jizzax viloyati boʻyicha qurilish materiallari sohasiga doir investitsiya loyihalari yigʻma axborot-tahlil boʻlimi mutaxassisi Norpoʻlat Joʻrayev. – Shu sababli jamiyat tomonidan hududlarda qurilish mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyishga katta eʼtibor qaratilgan. Oʻz navbatida bu kabi yangiliklar har jihatdan foyda bermoqda. Xususan, Jizzax shahrining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi “Master bilding prodakt” masʼuliyati cheklangan jamiyati yiliga 3 million dona santexnika mahsulotlari ishlab chiqara boshladi. Loyiha qiymati 22 milliard 564 million soʻmni tashkil etdi. Shahardagi “Bunyodkor gʻisht lyuks” masʼuliyati cheklangan jamiyati esa sifatli pishiq gʻisht ishlab chiqarib, xaridorlar eʼtiboriga havola etmoqda. Qiymati 4 milliard 800 million soʻm boʻlgan yangi quvvat yiliga 8 million dona pishiq gʻisht ishlab chiqarish imkoniyatiga egadir. Hozir har ikki korxonada yetmishga yaqin fuqaro mehnat qilmoqda.

Viloyatning Gʻallaorol tumanidagi “Temurxon asl stroy” xususiy korxonasi, Yangiobod tumanidagi “Yangiobod Xovos” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Zomin tumanidagi “Silver Brick Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati ana shunday yangi quvvatlar sirasidandir.

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: O‘zA
Ko'rishlar: 120
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech