Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Dec 2018

Joriy yilning 28 noyabr kuni «O’zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatida “Axborotni sizib chiqish kanallari va ulardan himoyalanish usullari” mavzusida o’quv seminari o’tkazildi.

Mazkur seminar «O’zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining 20 dan ortiq xodimlari ishtirokida bo’lib o’tdi. Ushbu o’quv seminarda o’z ma’ruzalari bilan Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi xodimlari I. Saidvaliyev va Z. Timaevalar ishtirok etdilar.

Seminar davomida konfidensial bo‘lgan axborotning ishonch bildirilgan tashkilot yoki shaxslar doirasidan tashqariga nazoratsiz chiqib ketishi va uning oqibatlari hamda аxborot sizib chiqish kanallari va shuningdek xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar haqida so‘z yuritildi. Seminar davomida tinglovchilar o’zlarining bir qancha qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech