Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Jun 2020

Pandemiya sharoitida eng farovon davlatlarda ham aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish katta muammo bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda ham ishsizlar soni karantin paytida bir muncha oshdi. Shu bois aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish davlatimiz siyosatining eng asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Bu borada komleks va hududiy dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, vazirlik, hokimliklar, idora va tashkilotlar vazifalari belgilab berilgan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Respublikamizning barcha hududlarida qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida ko‘plab loyihalar hayotga tadbiq etilyapti. Nafaqat viloyat va tuman markazlarida balki eng olis qishlog‘u ovullarda ham qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jumladan, 2020 yilda 1 mlrd. 525,3 mln dollarlik 761 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 13,5 trln so‘mlik qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirilishi belgilangan. Buning natijasida 14 ming yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Joriy yilda yirik investitsiya loyihalari respublikaning Navoiy, Toshkent, Samarqand Farg‘ona, Surhondaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladi. Eng ko‘p ish o‘rinlari “Ohangaronsement” AJ (400 ta ish o‘rni), "Yevro Global Invest" ShK (350 ta ish o‘rni), “Kvars” AJ (280 ta ish o‘rni), "Surxon KSP Grand" MChJ QK (150 ta ish o‘rni), "Muynak LDSP" MChJ (150 ta ish o‘rni), “ANGREN INSULATION” MChJ QK (300 ta ish o‘rni), “Marmarobod” MChJ (400 ta ish o‘rni) larida yaratiladi.

Shuningdek, hududiy investitsiya loyihalar dasturini amalga oshirishda ham barcha viloyat va tumanlarda yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqsad sohani rivojlantirish asnosida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda qurilish materiallari sanoatida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida jami 13 ming ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Eng ko‘p ish o‘rinlari Toshkent, Surxondaryo, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlarida yaratilgan edi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 74
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech