Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Mar 2020

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davom etmoqda. Mamlakatimizda ham hukumatimiz tomonidan koronavirusdan saqlanish, infeksiyani keng tarqalishini oldini olish, kasallanganlarni sog‘ligini tiklash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkent shahri va viloyatida zamonaviy, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda qisqa fursatda ixtisoslashtirilgan kasalxonalar qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Kasalxona va karantin zonalari viloyatning Zangiota va Yuqori Chirchiq tumanlarida qad rostlamoqda. Kasalxona binosining loyihasini mutaxassislar 3 kunda ishlab chiqishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita katta klinika Xitoy tajribasidan kelib chiqib, bosqichma bosqich qurib bitkaziladi.

Qisqa fursatda zamonaviy, jahon andozalariga to‘la javob beradigan kasalxonani barpo etish uchun qurilish jarayoni 24 soat davom etmoqda. Bunyodkorlik ishlariga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas’ulligida sendvich panel, santex keramika, issiqlik saqlovchi material, sement kabi qurilish materiallari mahalliy korxonalar tomonidan o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Uyushma tomonidan asosiy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning xavfsizlikka rioya etgan holda to‘liq quvvat bilan ishlashi yo‘lga qo‘yilgan.

Maqsad maqsad pandemiyani hamjixatlikda yengish, halqimiz ossoyishtaligini ta’minlash.

#uydaqoling

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 67
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech