Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Nov 2018

Qiymati 420 million AQSh dollari bo‘lgan mazkur loyiha amalga oshirilishi bilan bu yerda yiliga 2,4 million tonna sement ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

– Dastlab o‘zbekistonlik hamkorlar bilan ushbu loyihani atroflicha muhokama qildik, mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo zaxirasi va boshqa imkoniyatlarni o‘rgandik, – deydi “GANSU HENGYA CEMENT Co LTD” kompaniyasi bosh direktori Chjay Vanmin. – Natija biz kutgandan ham a’lo darajada bo‘ldi va mazkur istiqbolli loyiha uchun investitsiya kiritishga qaror qildik. Zavod ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.

Loyihani ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan. 2018-2020 yillarda amalga oshiriladigan birinchi bosqichda 220 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega dastlabki blok ishga tushiriladi. 300 kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Ikkinchi bosqich 2020-2023 yillarda amalga oshiriladi va yana 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Zavodda M-400, M-500 (oq va kulrang), M-600 markali sement ishlab chiqariladi.

Yangi korxona poydevorini qo‘yish marosimida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etdi.

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: O‘zA
Ko'rishlar: 55
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech