Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Apr 2019

2019 yil 7 iyul kuni KNAUF an’anaviy dam olish kunlari kurslarini ishga tushiradi. Iyul-avgust oylarida xohlovchilar quruq aralashmalar va gipskarton bilan ishlashga oid bepul saboqlarga ega bo‘lishlari mumkin. Mashg‘ulotlar KNAUFning Toshkentdagi ixtisoslashgan o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi.

Dizayn yechimlarining zamonaviy xilma-xilligi gipskartonni turli tarzda qo‘llashga imkon beradi. Material imkoniyatlari xona ko‘rinishini osongina o‘zgartirish, maydonni zonalashtirish va original konstruksiyalar qurish imkonini beradi. Gipskarton va quruq aralashmalar bilan ishlash tuyulganidan osonroq bo‘lganligi sababli, o‘z kuchingiz bilan ta’mirlash ishlarini bajarish hisobiga xarajatlarni anchagina qisqartirish mumkin.

Qurilish-pardozlash materiallarining ko‘pchilik qismini DIY («Do It Yourself» — «O‘zing bajar») sektori tovarlari tashkil etadi. Mana uch yildirki «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ yozgi dam olish kunlari kurslarini tashkil etish orqali O‘zbekistonda mustaqil ta’mirlash sohasini faol rivojlantirib kelmoqda.

Dam olish kunlari kurslari boshlovchi ustalarning malakasini oshirishga va oddiy aholini ilk ko‘nikmalarga o‘qitishga mo‘ljallangan. KNAUF namoyishchi-ustasi Nizom Saidmahmudxo‘jayevdan tinglovchilar quyidagilarni bilib olishlari mumkin bo‘ladi:

  • devorlarni gipsokarton bilan qoplash;
  • xonalar o‘rtasida yupqa devorlar qurish;
  • asosiy devorlarni sovuq o‘tmaydigan qilish;
  • har xil turdagi metall profillar bilan ishlash;
  • quruq aralashmalarni beton, g‘isht, sement, penopolistorol va SQP (sement-qirindi plitalari) yuzalarni suvashda ishlatish;
  • pardozlash materiallarini ishlatish vaqtida keng tarqalgan xatolarga yo‘l qo‘ymaslik.

«Ta’mirlash — uzoq davom etadigan, ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayondir, biroq har bir kishi uning uddasidan chiqishi mumkin. Asosiysi, kutilgan natija nafaqat qurilish materiallariga, balki yana jarayonlarga rioya qilishga ham bog‘liqligini unutmaslik kerak. Masalan, sotib olingan sifatli suvoq materialini qo‘llash chog‘ida texnologiyalarni noto‘g‘ri ishlatish oqibatida sinishlar, bo‘rtib chiqqan joylar va qavat ko‘chishlariga duch kelish mumkin. Dam olish kunlari kurslarida original mahsulotni qalbakilaridan ajrata bilish va u bilan ishlashni ham o‘rgatamiz», — deydi KNAUF namoyishchi-ustasi Nizom Saidmahmudxo‘jayev.

Mashg‘ulotlar interaktiv, bilimlarni amaliyotda namoyish qila olish imkoniyatlari tarzida o‘tadi.

Mashg‘ulotlar jadvali

Iyul

Avgust

Sanalar

- 7 - 8 iyul

- 14-15 iyul

- 21-22 iyul

- 28-29 iyul

- 4 - 5 avgust,

- 11-12 avgust

- 18-19 avgust

- 25-26 avgust

Hafta kunlari

Har shanba va yakshanba

Har shanba va yakshanba

Mashg‘ulot vaqti

10:00 – 12:00

10:00 – 12:00


Dam olish kunlari kurslariga yozilish uchun

Elektron manzil: Nezom-Khuja@knauf.uz
Telefon: +998 71 1501159 (ichki 412), +99890 3702732
Qo‘ng‘iroqlar soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi

KNAUF kompaniyasi haqida:

KNAUF kompaniyasi - jahondagi eng yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, u quruq qurilish innovatsion texnologiyalarini qo‘llanish bilan bog‘liq yangi qurilish kasblariga o‘qitishda allaqachon boshqalardan ilgarilab ketgan. MDH mamlakatlarida o‘z faoliyatining boshidanoq KNAUF o‘qitish tizimiga va zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallari bilan ishlovchi ustalarning malakasini oshirishga mablag‘lar sarflab boshladi. Bunday yondashuv kompaniya falsafasining bir qismi - «KNAUF majmuaviy tizimlari» ning ajralmas elementi hisoblanadi, bu esa firmaga o‘z mahsulotini yuqori sifatli qo‘llanishni ta’minlash imkonini beradi.

Aholi uchun bepul kurslar - KNAUF ning O‘zbekistondagi yagona ta’lim loyihasi emas. Buxoro va Toshkentda ham yosh, ham mohir ustalarni quruq qurilish texnologiyalariga o‘qitadigan kompaniyaning o‘quv markazlari ishlab turibdi. Kompaniya 15 ta qurilish kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qiladi, o‘quvchilarga amaliyot o‘tash va malakasini oshirish imkoniyatini beradi. 2015 yil kuzda Marg‘ilonda birinchi KNAUF resurs markazi ochildi. Kompaniyaning Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlaridagi Maslahat markazlari talabalarga KNAUF quruq qurilish tizimlari va ularning muhandislik tavsiflarini o‘rganishda yordam beradi.

Ko'rishlar: 105
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech