Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Mar 2020

Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan tavsiyalar

  1. Qo‘lingizni tez-tez sovunlab yuving, antiseptik vositalardan foydalaning. Ayniqsa, jamoat transportidan foydalangandan keyin.
  2. Ko‘z, og‘iz va burningizni ushlashdan tiyiling, qo‘l berib salomlashmaslikka harakat qiling.
  3. Aksirganda, yo‘talganda yuzingizni ro‘molcha yoki tirsagingiz bilan to‘sing.
  4. Odam ko‘p to‘planadigan joylarga bormaslikka harakat qiling. Shamollash va gripp alomatlari bor odamlarga yaqinlashmang.
  5. Isitma – yangi turdagi zotiljamning eng asosiy va birinchi belgilaridan biri. Isitmangiz bo‘lsa, uydan chiqmang.
  6. Isitma, yo‘tal, nafas olish qiyinlashishi kabi belgilar namoyon bo‘lsa, shifokor huzuriga bormang, ammo kechiktirmasdan tibbiy yordamga telefon orqali murojaat qiling. Xonalarni tez-tez shamollatib turing.
  7. Koronavirusga oid so‘nggi rasmiy xabarlarni @koronavirusinfouz dan voqif bo‘lib turing.

Ayniqsa keksa yoshli, surunkali kasalliklari bor insonlar o‘zlarini avaylashlari lozim.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 72
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech