Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Dec 2018

Joriy yilning 10-14-dekabr kunlari Rossiya federatsiyasi Moskva xalqaro sanoat akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Shisha va zamonaviy texnologiyalar – XXI” xalqaro forumida 15 mamlakatlardan kelgan delegatlar va 100 dan ortiq korxona vakillari qatorida “Kvars” AJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktori S.Tursunboyev va innovatsiya ishlari bo‘yicha direktor A.Bo‘riyevlar qatnashdi.

2000 yildan buyon Rossiyaning “Steklo Sayuz” uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyalarda barcha mamlakatlarda shisha sanoati asosiy maqsadlarini va muammolarini xal etishning samarali vositasi sifatida o‘zini nomoyon qildi.

Xalqaro forum davomida kun tartibiga qo‘yilgan masalalr yuzasida kompaniya rahbarlari kadrlar tayyorlash, zamonaviy boshqaruv usullari, atrof muxit va ekologiya, qayta ishlash, soxaga va innovatsion ishlanmalarga oid muammolar muxokama qilindi. Iste’molchilarning zamonaviy talablariga, yangi texnologiyalar va materiallarga aloxida e’tibor qaratildi.

Qizg‘in va muxokamalarga to‘la bo‘lgan xalqaro forum yakunida zamonaviy ishlab chiqarishni amaliyotga tadbiq etganligi, iste’mol bozorida o‘z o‘rnini tutganligi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifat darajasi yuqori bo‘lganligi uchun “Kvars” aksiyadorlik jamiyati “Xalqaro tan olish” sovrini va 1 darajali diplom bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz “Kvars” aksiyadorlik jamiyati 2017 yil 9 aprelda Fransiya poytaxti parij shahrida o‘tkazilgan xalqaro BID konferensiyasida “Xalqaro sifat standarti” mukofoti bilan xam taqdirlangan edi.

Manba: «KVARS» AJ
Ko'rishlar: 56
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech