Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Jun 2020

Mamlakatimizdagi yirik shaharlarni ulkan megapolisga aylanib bormoqda. E’tiborlisi, shaharsozlikda jahon tajribasini keng qo‘llash natijasida infratuzilma ob’ektlari, bino va inshootlar, turar joy mavzelarini tamomila o‘zgacha qiyofada bunyod etilmoqda.

Ma’lumki keyingi yillarda O‘zbekiston ulkan bunyodkorlik, qurilish maydoniga aylangan. Shaharu qishloqlarda qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Shu bois yildan-yilga energiya tejamkor, import o‘rnini bosuvchi, innovatsion, yangi turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Xususan, qurilish oynasiga bo‘lgan ehtiyoj nafaqat mahalliy balki jahon bozorlarida ham kun sayin o‘sib boryapti. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan qurilish oynasi ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, mahsulot turini ko‘paytirish, mazkur yo‘nalishda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ana shunday yirik investitsiya loyihalaridan biri “Kvarts” AJda amalga oshirilmoqda. Qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblangan korxonada umumiy qiymati 70,2 mln dollar bo‘lgan float (qurilish) oynasi ishlab chiqarish yangi texnologik liniyasi bunyod etilyapti. Investitsiya loyihasini 2019-2020 yillarda ishga amalga oshirish belgilangan bo‘lib, unga 41,5 mln dollar miqdoridagi investitsiya va kreditlar yo‘naltirilgan. Yangi liniyada yiliga 22,2 mln kv metr 2 va 19 mm shartli qalinlikdagi bo‘lgan float oynasi ishlab chiqariladi. Eng muhimi 280 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ayni damda 85 foiz qurilish montaj ishlari amalga oshirildi. Loyiha rejasiga ko‘ra, bu yerda zamonaviy, energiya tejamkor uskunalar o‘rnatilishi belgilangan. Yevropa va Xitoy davlatidan qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan uskunlar olin kelinmoqda. “Kvarts” AJdagi yangi liniya shu yilning so‘nggiga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha amalga oshirilgach zavodning qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yillik quvvati 10 mln kv. metrdan 32 mln kv. metrga (shartli 2 mm qalinlikda) yetkaziladi. Shu bilan birga mahalliy bozorda qurilish oynasiga bo‘lgan talab deyarli koplanib, eksport ko‘lami kengaytiriladi.

Ma’lumot uchun, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida ham yiliga 10 mln kv metr 4 mm. shartli qalinlikdagi qurilish oynasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etilyapti.

Hozirgi kunda mamlakatimizda qurilish oynasi “Kvarts” AJ va “Mingyuan SiLu Industry” MChJ (Xitoy) qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 86
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech