Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Feb 2018

Jonajon Ona Vatanimiz - O'zbekistonda, “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan, sanoatning qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog'ida, mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlab, raqobatdosh, eksportga yo'naltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va turlarini kengaytirish, energiya va resurslarni tejovchi ilg'or texnologiyalarini, investitsiyalarni sohaga keng jalb etish, yangi loyihalar tashabbuskorlarining g'oyalarini amalga oshirish, ularni davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar bilan tanishtirish, bir so'z bilan aytganda, har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida, barcha sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Mutasaddi idoralar, shu jumladan “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati ko'magida, joriy yilning 28 fevral - 2 mart kunlari, Toshkent shahridagi “O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazma markazida tashkil etilgan 19-Xalqaro ko'rgazma «Qurilish –WorldBuild Tashkent-2018» xalqaro ko'rgazmasida jahonning 24 mamlakatidan 200 dan ziyod kompaniyalar vakillari faol ishtirok etmoqdalar.Кўргазмага жаҳоннинг қуйидаги 24 mamlakati: Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya Respublikasi, Rossiya, AQSh, Turkiya, O'zbekiston, Ukraina, Finlyandiya, Frantsiya, Shvetsiya va Shveytsariya davlatlari vakillari tashrif buyurgan.

Ekspozitsiya 2 va 4 pavilonlarda hamda ochiq namoyishlar maydonida joylashgan.

Xalqaro ko'rgazmada sanoatning qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog'ida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda, sohaga asbob-uskunalar, innovatsion va zamonaviy texnika hamda nou-xau texnologiyalar etkazib beruvchi mahalliy va xorijiy etakchi kompaniyalar ishtirok etayotganligi, barcha tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ko'rgazmaga marhamat qiling!

Ma'lumot uchun telefonlar: 0 371 252 20 63, 252 20 65.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 252
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech