Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Jun 2020

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martidagi “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi 136-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, unda mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turlarini ko‘paytirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur qaror bilan “O‘zsanoatqurilishshmateriallari” uyushmasiga 2020 yilda 687,6 mlrd.so‘mlik 12 ta loyiha, 2021 yilda esa 862,2 mlrd.so‘mlik 17 ta loyihani amalga oshirish rejasi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-may holatiga dastur doirasida 12 ta korxona tomonidan 171,9 mlrd.so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish rejasi belgilangan edi. Tarmoq korxona tomonidan 178,2 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 103,7%ga bajarildi.

Mahalliylashtirish bo‘yicha 2019-2020 yillarda eng yuqori ko‘rsatkich “Kvars” AJ da kuzatilishi mumkin. Unga ko‘ra, 2020 yilda ishlab chiqarish quvvati 11,5 kvadrat metrga va mahalliylashtirish darajasi 90 foizga yetkaziladi. Shuningdek joriy yil oxirigacha glazurli keramik plitkalar va 3-D keramik plitkalar ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliylashtirish darajasi 70 foizga, keramogranit bo‘yicha 68 foizga yetkaziladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 37
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech