Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Dec 2019

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4302-sonli qaroriga asosan importi yuqori bo‘lgan, o‘zlashtirishga tavsiya qilingan 99 ta mahsulot ro‘yhati shakllantirilgan. E’tiborli jihati shundaki, ushbu ro‘yhatga 5 ta qurilish materiallari ham kiritilgan. Bular gulqog‘ozlar va shunga o‘xshash devor qoplamalari, qurilish aralashmalari yoki betonlar uchun tayyor qo‘shimchalar, keramogranit, santexnika mahsulotlari uchun smesitellar, yog‘och-tolali plitalar (DSP, MDF). Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan aniq rejalar, bir qator loyihalar ishlab chiqilgan. Xususan, 2020-2021 yillarda gulqog‘ozlar bo‘yicha umumiy qiymati 16 mln. 300 ming dollar bo‘lgan 3 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Investitsiya loyihalari amalga oshirilgach gulqog‘ozlariga bo‘lgan talab to‘la qondiriladi, ya’ni ishlab chiqarish quvvati 6 mln. 600 ming rulonga yetkaziladi.

Xorazm viloyatida yangi korxona o‘z faoliyatini boshladi

Kuni kecha Xorazm viloyatida devorbop gulqog‘ozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona o‘z faoliyatini boshladi. Xorazm viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorligida mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra yangi loyiha amalga oshirildi. “NEW BEST STYLE” MChJning gulqog‘oz ishlab chiqarish yillik quvvati 700 ming rulonni tashkil etadi. Korxona bosqichma-bosqich ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib boradi. Xususan, 2020 yili umumiy qiymati 6 mlrd. 830 mln. so‘mlik bo‘lgan 490 ming rulon mahsulot tayyorlansa, shundan 147 ming ruloni eksport qilinadi. Natijada, mahalliylashtirish darajasi 38,39 foizni tashkil etadi.

Rejaga ko‘ra, 2021 yilda 560 ming rulon gulqog‘ozlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 168 ming rulon tayyor mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan. Korxona energiya tejamkor, zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan. E’tiborlisi, bu yerda 40 nafardan ortiq xorazmlik yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 52
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech