Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Jan 2018

Respublikamiz sement ishlab chiqaruvchi korxonalari (“Qizilqumsement” AJ va “Bekobodsement” AJ) sementning 1 tonnasi 500 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda (430-490 ming so‘m/tn sotilish joyidan kelib chiqqan holda) aholi uchun sement mahsulotini sotishni tashkillashtirmoqdalar.

Hozirgi kunda respublikaning barcha yirik shaxar va tumanlarida aholiga sement mahsulotini sotish savdo joylari tashkil etilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar respublika bozorlarida spekulyativ tarzda narxlarga aralashuvga chek qo‘yish maqsadida, hamda mamlakatimiz aholisini arzon narxlarda sifatli sement mahsuloti bilan ta’minlashga qaratilgan.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 396
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech