Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Mar 2020

Joriy yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini soha bo‘yicha 22 trln so‘mga, shu jumladan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar bo‘yicha 5,9 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Jumladan, 50,6 mln kv m gipsokarton (o‘sish 117 foiz), 3,65 mln o‘ram oboy (5,6 barobar), 17,3 mln kv m keramik plitka (105 foiz), 14,5 mln tonna sement (132 foiz), 458 ming dona sanitar-texnik buyumlar (183 foiz), 650 ming tonna marmar va granit toshlari, 1 mln kv m keramogranit, 90 ming kub metr DSP kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Zamonaviy va energotejamkor qurilish materiallaridan 1 mln kub metr (o‘sish 2,9 barobar) gazobeton bloklari, bazal't va shisha momig‘idan 25 ming tonna issiqlik saqlovchi plitalar, bazal't tolasidan 2,5 ming tonna kompozit armatura, PVX granulasidan  114 ming tonna quvur va fitinglar, 1,5 mln. metr kv parket pol, 4,8 mln. pogonometr dekorativ plintus, polipropilendan 500 tonna qurilish himoya setkasi, yo‘l belgilari uchun 5 ming tonna lok-buyoqlari, 628 ming metr kv aglomerat plitalar, kvars qumidan 80 ming metr kv steklokristalit plitalar ishlab chiqariladi. Umuman olganda, joriy yilda asosiy qurilish materiallari bo‘yicha ichki bozorni to‘liq ta'minlashga qaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.

2020 yil Investisiya dasturi doirasida "Ohangaronsement" AJda 2,4 mln. tonna sement ishlab chiqarish yangi liniyasi, "Kvars" AJ tomonidan 22,2 mln. metr kv float oyna ishlab chiqarish yangi liniyasi, “Samarqand Afrosiyob sement”  MChJda 560 ming tonna yuqori markali sement ishlab chiqarish, “Surxan KSP Grand” MChJda 150 ming kub metr va “Mo‘ynoq LDSP” MChJda 50 ming kub metr qamishdan DSP ishlab chiqarish kabi yirik  loyihalari ishga tushiriladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 59
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech