Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Jun 2020

Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining turmush darajasini oshirish vazifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish, xususan investitsiyalarni jalb etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratib berish hisobiga yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqdir.

Mavjud boy xom ashyo zaxiralaridan samarali foydalanib, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirilishi viloyat iqtisodiyotini yanada yuksalishining asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi.

Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish

Bugungi kunda, noruda qazilma boyliklaridan ohaktosh 9 mln tonna, sement xom ashyosi 2,5 mln tonna, qum-shag‘al 32 mln kub metr, qurilish toshi 8 mln kub metr, pardozbop toshlar 2 mln kub metr, bazalt toshi 228 ming kub metr, dala shpati 5 mln.tonna va bo‘r xomashyosi 140 ming.tonna zaxiralari bor.

O‘tgan yilda mavjud xom ashyolardan foydalangan holda umumiy qiymati 403 mlrd so‘mlik 93 ta loyihalar ishga tushirildi, natijada 1 623 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bu ishlarning uzviy davomi sifatida, 2020-2021 yillarda ham umumiy qiymati 4,4 trln so‘mlik 231 ta loyihalar amalga oshiriladi va 6,9 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Mazkur loyihalarni moliyalashtirishga 1,6 trln so‘m tashabbuskorlar mablag‘i, 162,5 mlrd so‘m bank kreditlari, va 261,6 mln dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltirilmoqda.

Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish

Shundan, 2020 yilda 1,4 trln so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 192 ta loyiha ishga tushiriladi va 4 461 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Xususan, 5 ta gipsokarton ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish hisobiga yiliga 15 mln kvadrat metr gipsokarton ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, viloyatning gipsokartonga bo‘lgan talabi to‘liq qoplanadi va 30 foizgacha qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha 10 ta loyiha amalga oshirilib, yiliga import o‘rnini qoplovchi 600 ming kvadrat metrdan ortiq travertin va marmar plitalari ishlab chiqariladi hamda bir qismi eksport qilinadi.

Ko‘pgina qurilish materiallarining asosi hisoblangan sement mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ham bir talay ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, umumiy quvvati 3,7 mln tonna bo‘lgan 6 ta (shundan, 2020 yilda 950 ming tonna 3 ta) zamonaviy energiyatejamkor sement zavodlari ishga tushiriladi va 1 230 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Chust tumanida bazalt toshidan yiliga 50 ming tonna impor o‘rnini bosuvchi va eksportbop issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Natijada, qurilayotgan binolarda mazkur plitalarni qo‘llanishi ularning energiyatejamkorlik darajasini 20-30 foizgacha oshirish imkonini beradi hamda respublikaga import qilinayotgan 9,5 mln dollarlik 11,5 ming tonna bazalt plitalari o‘rni to‘liq qoplanib, ushbu mahsulot eksportga ham yo‘naltiriladi.

Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish

Bundan tashqari, ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 15,5 ming tonna ohak, 200 ming kub metr gazo- va penobeton bloklari, 150 tonna elektrod, 100 ming. metr kvadrat “sendvich” panellar, 2100 tonna lok-bo‘yoq mahsulotlari, 35 ming kvadrat metr alyumin eshik va romlari, 80 ming metr kub temir-beton buyumlari hamda burama mixlar, 22 ming tonna quruq qurilish aralashmalari, 2000 tonna mix va burama mixlar kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Umuman olganda Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 231 ta qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirilishi natijasida 4.1 trln so‘mlik ishlab chiqarish quvvatlari va 6914 ta yangi ish o‘rinlari barpo etiladi, jumladan 164 mln dollarlik qurilish materiallari import qisqartirish va 28 mln dollarlik qo‘shimcha eksport qilish imkoniyati hamda 448 mlrd so‘mlik byudet tushumlari manbai yaratiladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 37
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech